Mustafo Shento’p Tojikiston Oliy majlis rahbari Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya va Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratildi.

1719361
Mustafo Shento’p Tojikiston Oliy majlis rahbari Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashdi

 

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p davlat tashrifi bilan mamlakatda bo’lib turgan Tojikiston Oliy majlis rahbari Mahmadtoir Zokirzoda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Tojikiston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlik rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratildi.

Tomonlar tor doiradagi o’zaro uchrashuvdan so’ng, Devon zalida hay’atlararo muzokaralarga raislik qildi.

Mustafo Shento’pning ta’kidlashicha, Tojikiston delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning rivojiga salmoqli hissa qo’shadi. Shuningdek, o’zaro va mintaqaviy hamkorlikning mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

Ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun katta salohiyat borligini ta'kidlagan Mustafo Shento’p: “2021 yilning dastlabki yarmida o’zaro savdo hajmimiz 67 foiz o’sishi ham ushbu salohiyatning yaqqol isbotidir”,-dedi.

Tojikiston Oliy majlis rahbari Mahmadtoir Zokirzoda ham o’z navbatida Turkiya va Tojikiston o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki davlat ham birdek manfaatdor ekanligini tilga oldi.

“Tojikiston va Turkiya munosabatlarida yuqori ko’rsatgichlarga erishildi. Men ishonamanki, biz bu muhitda ulkan faoliyatlarni amalga oshirishimiz mumkin”,-deb aytgan Zokirzoda.

Mustafo Shento’p va Mahmadtoir Zokirzoda uchrashuv va muzokaralardan so’ng, parlamentlararo hamkorlik to’g’risidagi protokolga imzo chekdi.



Aloqador xabarlar