Turkiya Nepal xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Nepalning Mugu hududida 32 yo’lovchining hayotiga zomin bo’lgan avtobus halokati munosabati bilan Nepal xalqi va hukumatiga hamdardlik bildirdi.

1719353

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Nepalning Mugu hududida 32 yo’lovchining hayotiga zomin bo’lgan avtobus halokatidan boxabar bo’ldik. Ushbu fojiali voqeada halok bo’lganlarning yaqinlariga, oila a’zolariga hamda do’st Nepal xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi bayonotda.

Ma'lumot uchun, 13 oktyabr kuni Nepal g‘arbida yo‘lovchi avtobusi jarlikka qulashi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi. 

Ma’lum bo‘lishicha, avtobusda 42 kishi bo‘lgan. O‘lganlarning aksariyati talabalar va mehnat migrantlari ekani aytilmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, haydovchi g‘ildirak yorilishi tufayli avtobus boshqaruvini yo‘qotgan.

Tanlangan kalimalar: #Nepal , #Turkiya

Aloqador xabarlar