Turkiya Suriyadagi terroristlarni yoʻq qilish uchun kerakli har qanday chorani koʻradi

Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqarada Nikaragua Tashqi Ishlar vaziri Denis Monkada Kolindres bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan oʻtkazilgan mushtarak matbuot anjumanida Suriyadagi PKK/YPG hujumlariga toʻxtaldi.

1719034
Turkiya Suriyadagi terroristlarni yoʻq qilish uchun kerakli har qanday chorani koʻradi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Suriyadagi terror tashkiloti a’zolarini yoʻq qilish uchun kerakli har qanday chorani koʻrish payida ekanliklarini qayd etdi.

Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqarada Nikaragua Tashqi Ishlar vaziri Denis Monkada Kolindres bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan oʻtkazilgan mushtarak matbuot anjumanida Suriyadagi PKK/YPG hujumlariga toʻxtaldi.

Soʻnggi paytlarda bunday hujumlar tez-tez kuzatila boshlaganini va oxirgi hujumlarda Rossiya va Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) ham mas’uliyati borligini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu:

“Ikkala davlat ham bu terroristlarni kamida 30 km janubga olib ketmoqchi boʻlgan. Rossiya Tel-Rifat bilan Manbijni qutqarmoqchi edi. Bu va’dalar bajarilmadi”.- dedi.

Rossiya bilan AQShning oʻz soʻzida turmaganini yodga solgan Chavushoʻgʻlu:

“Hujumlarni qoralaymiz deyishadiyu lekin bu qurollarni kim bermoqda, sen oʻrgatyapsan! Kegin esa el koʻrsinga qoralash haqida bayonotlar beryapsan! Bu yerda terroristlar borligiga qaraganda biz ham nima qilishimiz kerak boʻlsa ana shularni amalga oshirishimiz darkor. Oʻz muammomizni oʻzimiz hal qilamiz. Yoʻq qilinishi uchun har qanday chorani koʻramiz”.-deya gapirdi.

Aytib oʻtish joizki Suriyaning Mera shaharchasida terror tashkiloti tomonidan dam olish kuni uyushtirilgan hujumda ikki nafar politsiya xodimi halok boʻlgandi.

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan ham tunov kuni bergan bayonotida, nomi tilga olingan mintaqalarda amaliyot uyushtirilishi mumkinligini bildirgan.

 



Aloqador xabarlar