Chavushoʻgʻlu ba’zi kasbdoshlari bilan Kobulga tashrif uyushtirish rejasi haqida gapirdi

Chavushoʻgʻlu, Indoneziya Tashqi Ishlar vaziri Retno Marsudiy bilan vazirlikda uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Afgʻoniston masalasiga toʻxtaldi.

1718701
Chavushoʻgʻlu ba’zi kasbdoshlari bilan Kobulga tashrif uyushtirish rejasi haqida gapirdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu bundan keyingi jarayonda dunyoning ba’zi davlatining Tashqi Ishlar vazirlari bilan birgalikda Afgʻoniston poytaxti Kobulga borishni rejalashtirganliklarini bildirdi.

Chavushoʻgʻlu, Indoneziya Tashqi Ishlar vaziri Retno Marsudiy bilan vazirlikda uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Afgʻoniston masalasiga toʻxtaldi.

Afgʻonistondagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganliklarini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu:

“Bundan keyingi jarayonda dunyoning ba’zi davlatining Tashqi Ishlar vazirlari bilan birgalikda Afgʻoniston poytaxti Kobulga borishni rejalashtiryapmiz. Biz buni Nyu-Yorkda ham Retno bilan qoʻlga oldik. Ba’zi doʻst va qardosh vazirlar ham bu fikrni qoʻllab-quvvatladi. Buni rejalashtirish ishlarini ham kelasi kunlarda amalga oshiramiz”.-deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar