Marmarisda 75 nafar muhojir qutqarildi

Mug‘laning Marmaris qirgʻogʻidan uzoq nuqtada 75 nafar muhojir qutqarildi.

1718305
Marmarisda 75 nafar muhojir qutqarildi

Mug‘laning Marmaris tumanida Gretsiya Sohil xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan puflangan qayiq va puflangan qutqaruvchi kichik kemalardagi 75 noqonuniy muhojir qurqlikka olib chiqildi.

Sohil Xavfsizlik qoʻmondonligi xodimlari, Marmaris qirgʻogʻidan uzoq nuqtada bir necha noqonuniy muhojirning borligi haqidagi xabar ortidan mintaqaga yetib bordi.

Xodimlar, Gretsiya tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga surilgani aniqlangan qayiq va qutqaruvchi kichik kemalardagi 75 nafar noqonuniy muhojirni qayiqqa olib, qirgʻoqqa olib chiqdi.

Qirg‘oqqa olib chiqilgan noqonuniy muhojirlar, kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya idorasiga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Marmaris , #noqonuniy muhojir

Aloqador xabarlar