Erdoʻgʻan: Turkiya biologik xilma-xilligini quriqlikda ham dengizlarida ham himoya qiladi

Erdoʻgʻan, Birlashgan Millatlar tashkilotining (BMT) Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi kelishuvning navbatdagi tomonlar konferensiyasiga videomurojaat yubordi.

1718346
Erdoʻgʻan: Turkiya biologik xilma-xilligini quriqlikda ham dengizlarida ham himoya qiladi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, iqlim oʻzgarishi va ekologik muammolarga qarshi kurashning faqatgina ayrim davlatlarga topshirish mumkin emasligi, dunyoning barcha davlati tomonidan mas’uliyat olinishi shartligini qayd etdi.

Erdoʻgʻan, Birlashgan Millatlar tashkilotining (BMT) Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi kelishuvning navbatdagi tomonlar konferensiyasiga videomurojaat yubordi.

Insoniyat sifatida iqlim oʻzgarishi, ekologik ofatlar, ifloslanish, suv va oziq-ovqat xavfsizligi bilan biologik xilma-xillikning yoʻqolishi kabi muammolarga duch kelinganini ifoda etgan Erdoʻgʻan, oxirgi davrlarda turli nuqtalarda yuz bergan va jiddiy yoʻqotishlarga yoʻl ochgan tabiiy ofatlarnning nomi tilga olingan muammolar yetib kelgan nuqtani yaqqol namoyon etganiga e’tibor qaratdi.

Bu vaziyatning toʻqnashuvlarga olib kelgani va insonlarni koʻchishga majbur qilganini ifoda etgan Erdoʻgʻan:

“Kelajagimizga salbiy ta’sir qilgan bu tahdid oldida albatta eng avvalo qadam tashlashi kerak boʻlganlar iqlim oʻgarishlariga yoʻl ochgan muammolarning paydo boʻlishida tarixiy mas’uliyati borlardir. Lekin iqlim oʻzgarishi va atrof-muhitdan paydo boʻlgan muammolarga qarshi kurash faqatgina ma’lum davlatlarga tashlab qoʻyilmaydi. Iqtisodiy kuchi, geografik oʻrni, tarixiy javobgarchiligi nima boʻlishidan qat’iy nazar dunyonnig barcha davlati bor kuchi bilan kurashishi shartdir”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

“Turkiyaning boy biologik xilma-xilligini quriqlikda ham dengizlarida ham himoya qilishda qarorli ekanini ta’kidlagan Erdoʻgʻan, uch boshqa iqlim va uch biogeografik hududda joylashgan Turkiyaning oʻrmon, togʻ, dasht, mol suvli hudud, qirgʻoq va dengiz ekotizimlari va ularning turli form va kombinatsiyasiga ega ekanini, dunyodagi 8 oʻsimlik gen markazidan uchining Turkiyada ekani va yuzlab oʻsimlikning ona vatani ekanini qayd etdi.

Prezident Turkiyaning kelasi yili 16-tomonlar konferensiyasiga mezbonlik qilishini, 2022-2024 yillari BMT Biologik xilma-xillik kelishuvi rahbarligi vazifasini oʻz zimmasiga olishini bildirgan holda, bu jarayonda mamlakatda va chet elda biologik xilma-xillikning saqlab qolinishi uchun kerakli qadamlarning tashlanishida yetakchi rol oʻynashlarini ta’kidladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar