Erdo‘g‘an Suriyadan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlariga e’tibor qaratdi

Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

1718215
Erdo‘g‘an Suriyadan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlariga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Suriyadan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan terror hujumlari haqida:

“Suriyadan yurtimizni nishonga olgan terror hujumlarining manbai hisoblangan ba’zi nuqtalar borasida sabr-toqatimiz qolmadi”.-dedi.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Prezident Erdo‘g‘an unda:

“Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada politsiya xodimlarimizga qarshi oxirgi marotaba uyushtirilgan hujum va tuproqlarimizni ko‘zlagan ig‘vogar tusdagi harakatlar sabrimizni toshirdi. Suriyadan yurtimizni nishonga olgan terror hujumlarining manbai hisoblangan ba’zi nuqtalar borasida sabr-toqatimiz qolmadi. Mana shu yerlardan paydo bo‘lgan tahdidlarni, yo ana shu yerlardagi faol kuchlar bilan birga yoki o‘z imkonlarimiz bilan bartaraf etishda qarorimiz qat’iydir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident o‘z so‘zi davomida bu yil ko‘ndirish yo‘li orqali 153 terror tashkiloti a’zosining taslim bo‘lganini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an shuningdek Turkiyaning investitsiya, ishlab chiqarish, eksport va bandlik asosida joriy hisobini orttirish orqali rivojlantirishni uzluksiz davom ettirish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Atrof-muhit va shaharsozlik vazirligi nomini Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi (Iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish bo‘yicha) vazirligi deb almashganini ma’lum qildi.

Erdo‘g‘an shuningdek, Iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan Migratsiya idorasi yetakchiligi tashkil etilishini bildirdi.



Aloqador xabarlar