Prezident Erdo‘g‘an: “Yashil rivojlanish yo‘ilini boshlatdik”.

Prezident Erdo‘g‘an tomonidan kecha Yangi Adana muzeyida mamlakatning 81 viloyati nomidan universitet imtihonlaridan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgan talabalar bilan o‘tkazilgan “Yoshlar bilan uchrashuv” dasturiga oid tasvirlar bo‘lishildi.

1717690
Prezident Erdo‘g‘an: “Yashil rivojlanish yo‘ilini boshlatdik”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, 2053-yilgi rejalarning eng birinchi maqsadlaridan biri bo‘lgan “Yashil” rivojlanish yo‘ilini boshlatganliklarini bildirar ekan buning yoshlarga qoldiriladigan eng muhim meros ekanini qayd etdi.  

Prezident Erdo‘g‘an tomonidan kecha Adanaga uyushtirilgan tashrif ortidan Yangi Adana muzeyida mamlakatning 81 viloyati nomidan, universitet imtihonlaridan muvaffaqiyatli ravishda o‘tgan talabalar ishtirokida “Yoshlar bilan uchrashuv” degan nom ostida uyushtirilgan dasturga oid tasvirlar bo‘lishildi.

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida, yaqinda “Parij iqlim kelishuvi”ni tasdiqlaganlarini yodga soldi.

Bu qaror orqali 2053-yilgi rejalarning eng birinchi maqsadlaridan biri bo‘lgan “Yashil” rivojlanish yo‘ilini boshlatganliklarini bildirgan Prezident Erdo‘g‘an, buning yoshlarga qoldiriladigan eng muhim meros ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi va shuningdek.   

“Har qanday mavzuda bo‘lganidek yashil rivojlanish yo‘lida ham eng ko‘p yoshlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqdamiz. Turkiya qanday qilib yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida kuchli sog‘likni saqlash infratuzilmasi yordamida o‘zini dunyoning boshqa davlatlaridan alohida o‘ringa qo‘ysa, Xudo xohlasa ham yashil rivojlanish yo‘lida ham da iqlim o‘zgarishi jarayonida huddi shu muvaffaqiyatga erishadi. Olloxning biz insonlarga omonati bo‘lgan tabiat muvozanatini himoya qilib, imkonlaridan maqul ravishda foydalanib, rivojlanishni davom etamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yoshlarga, “Ertaga bu 1500 yillik madaniyat va 1000 yillik vatan uchun kurash bayrog‘ini sizlar qabul qilib olasiz” degan Erdo‘g‘an:

“Yoshlarimizdan milliy texnologiya hamlasi va yashil rivojlanish yo‘li orqali ilk maqsadlarini namoyon etgan 2053 rejasi uchun hozirdan o‘ylanishlari va izlanishlarini talab qilaman. Unutmang, hammasi hayol qurish bilan boshlaydi. Keyin esa asta-sekin, bosqichma-bosqich ana shu orzu-hayolga yaqinlasha boshlaysiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an nafaqat Turkiya, balki butun dunyoning iqlim o‘zgarishi xavfi ostida ekaniga e’tibor qaratib, bu borada bu oy oxirida (Italiya poytaxti) Rim va Glazgoda (Shotlandiya) sammitlar o‘tkazilishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar