Matbuot sharhlari 12.10.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1718140
Matbuot sharhlari 12.10.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Suriyadan mamlakatimizga qaratilgan terror tahdidiga qarshi sabrimiz tugadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha vazirlar kengashi yig’ilishidan keyingi bayonotida, Suriyadan Turkiyaga qaratilgan terror tahdidiga sabri qolmaganligini bildirdi.

“Harbiylarimizga qarata sodir etilgan oxirgi hujum va chegaralarimizga hujum qilish holatlari sabr qosamizni toshirdi. Zudlik bilan bunday holatlarni oldini olish uchun zarur qadamni tashlaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Terroristlarning inigacha kirdik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu mamlakat hududlarida olib borilayotgan terrorizmga qarshi kurashga to’xtaldi.

“Kirish imkonsiz bo’lgan qancha joy bo’lsa, qorong’u g’orlarmi deysiz, bularning barchasiga kirildi va operatsiya amalga oshirildi”,-deb aytgan Turkiya ichki ishlar vaziri.

 

Star gazetasi: “Mahalliy ishlab chiqarildi, 5 mln dollar Turkiyada qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning HAVELSAN kompaniyasi tomonidan mahalliy ravishda x-ray jihozi ishlab chiqarilishi bilan 5 mln dollar mablag’ Turkiya g’aznasida qoldi.

 

Xabar turk gazetasi: “Avtomobil sanoatida eksport va ishlab chiqarish oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, avtomobil sanoati jamg’armasi ma’lumotiga ko’ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida avtomobil ishlab chiqarish hajmi avvalgi yilning mos davriga nisbatan 8 foiz oshib, 921 ming 619 taga, eksport esa 9 foiz oshib, 671 ming 674 taga yetdi.

 

 

Sabah gazetasi: “THY Yevropada eng ko’p parvozni amalga oshirgan 2-aviakompaniya bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, THY 4-10 oktyabr kunlari kuniga 1185 nafar reysni amalga oshirib, Yevropa bo’yicha eng ko’p parvozni amalga oshirgan 2-aviakompaniya bo’lish bahtiga muyassar bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar