Suriyada jangarilar hujumida ikki nafar turk harbiy halok bo'ldi

Suriyada kecha, 10-oktyabr kuni Firot qalqoni harbiy amaliyoti o'tkazilgan hududda zirhli vositaga bir guruh jangarilar tomonidan raketa hujumi sodir etildi.

1717667
Suriyada jangarilar hujumida ikki nafar turk harbiy halok bo'ldi

 

Suriyada kecha, 10-oktyabr kuni Firot qalqoni harbiy amaliyoti o'tkazilgan hududda zirhli vositaga bir guruh jangarilar tomonidan raketa hujumi sodir etildi. Hujum oqibatida ikki nafar turk harbiy halok bo'ldi.

Turkiya ichki ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, hujum harbiy amaliyot hududidagi Azez va Mare hududida sodir etilgan. Jangarilar turk harbiylarni olib ketayotgan zirhli vositaga Tel Firot hududi tomonidan raketa otgan.

Dastlabki ma'lumotga ko'ra, hujumda Suriya xizmat kuchi missiyasida xizmat qilgan turk harbiy halok bo'lgan, 3 nafar harbiy jarohatlangan. Ulardan birining ahvoli og'ir ekani qayd etilgan.

Ichki ishlar vaziri Sulaymon So'ylu ko'p o'tmay, og'ir ahvolda bo'lgan harbiyning vafot etganligini ma'lum qilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya

Aloqador xabarlar