Turkiya Isroil sudi qabul qilgan qarorni keskin qoraladi

Turkiya Isroil sudi tomonidan qabul qilingan Al-Aqsa jome' masjidi haqidagi qarorni keskin qoraladi.

1716770
Turkiya Isroil sudi qabul qilgan qarorni keskin qoraladi

Turkiya Isroil sudi tomonidan qabul qilingan va yahudiylarning Al-Aqsa jome’ masjidida “jimgina” ibodat qilish haqqi borligini iddio etgan qarorini keskin qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi Isroil sudi tomonidan qabul qilingan qaror haqida bayonot berdi.

Qarorni keskin qoralagan ushbu bayonotda:

“Isroil sudi tomonidan qabul qilingan va yahudiylarning Al-Aqsa jome’ masjidida jimgina ibodat qilish haqqi borligini iddio etgan qarorni keskin qoralaymiz.

Bu qaror Al-Aqsa jome’ masjidini oʻz ma’nosi va mazmunidan mahrum qilishga uringan fanatik muhitni yana-da jasoratlantirishi va yangi tarangliklarga yoʻl ochishi mumkin. Mana shular e’tiborga olinishi kerak edi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Vazirlik, bayonoti yakunida xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib:

“Xalqaro hamjamiyatni bu notoʻgʻri, noqonuniy, xavfli qaror va Al-Aqsa jome’ masjidini nishonga olgan har qanday provokatsiyaga qarshi turishga chaqiramiz”.-deyildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Al-Aqsa , #Isroil sudi

Aloqador xabarlar