Erdo‘g‘an: G‘arb ustunligini himoya qilgan muammolar yaratuvchi ko‘z qarash endi yo‘q

Prezident Erdo‘g‘an Kriter jurnaliga “Yana-da adolatli dunyo bo‘lishi mumkin” deb nomlangan kitobi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi ustidan tashabbus va takliflari haqida intervyu berdi.

1715129
Erdo‘g‘an: G‘arb ustunligini himoya qilgan muammolar yaratuvchi ko‘z qarash endi yo‘q

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an G‘arb ustunligini himoya qilgan muammolar yaratuvchi ko‘z qarashning tugaganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Kriter jurnaliga “Yana-da adolatli dunyo bo‘lishi mumkin” deb nomlangan kitobi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi ustidan tashabbus va takliflari haqida intervyu berdi.

Nima uchun bunday kitob yozishga qaror qilgani haqidagi savolga qarshi Erdo‘g‘an, global tizimning katta muammoga duch kelayotganini bildirdi.

Turkiyaning boshidan beri bu o‘zgarishlarga ham yetakchilik qilishga uringani ham da mavjud muammolarga e’tibor qaratganini yodga solgan Erdo‘g‘an, mamlakat sifatida duch kelingan barcha adolatsizliklarni din, til va irqqa qaramay kun tartibiga olib chiqqanini ta’kidladi.  

Har doim adolatli va barchaga teng munosabatda bo‘lishga harakat qilganliklari shuningdek, tengsizliklarni kun tartibiga olib chiqib, global tizimning vijdoni bo‘lish yo‘lida mehnat qilganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Bugungacha baralla aytilgan xususlarni tarix sahifasida qoldirish niyatida ushbu kitobni qalamga olishga qaror qildik”.-dedi

Erdo‘g‘an, hozirgi dunyo tizimi oldida ko‘p qiyinchiliklar borligi va buning faqat bir davlat hal qila oladigan muamo emasligini qayd etdi.

Dunyo siyosatiga nazar tashlanganida esa, farqli manzara borligini tushuntirgan Erdo‘g‘an:

“G‘arb ustunligini himoya qilgan muammolar yaratuvchi ko‘z qarash endi yo‘q. Buni bundan buyon hamma surishtirmoqda va qabul qilmoqda. Yuz yillab davom etgan g‘arb gegemoniyasi tugadi. Yangi xalqaro tizim paydo bo‘lmoqda”.-deya gapirdi.

Ikkinchi Jahon urushidan keyin qoidalari bor dunyo qurilganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Shunday ekan hamma qoidalarga amal qilsin. Agar ular eskirgan bo‘lsa unda o‘tirib qoidalarni yangilaylik. Qoidalar va xalqaro normlar ustidan takror muzokara o‘tkazaylik. Bu orqali global boshqaruv yana-da samarali xizmat beradi. Global yetakchilik markazida nimalar bor? Albatta Birlashgan Millatlar Tashkiloti mavjud. Xo‘sh, BMT yaxshi global boshqaurv ustidan va’da beryapdimi? Balki ha lekin buni amalga oshiryapdimi? Yo‘q! Unday bo‘lsa keling, BMT ustidan takror o‘ylab ko‘raylik va global boshqaruv muammolarini bosqichma-bosqich bir amallab muhokama qilib, hal qilaylik. Bunday dadil qadamni tashlashga majburmiz”.-deya gapirdi.   

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar