Hulusi Akar gruziyalik hamkasbi Irakli Garibashvili bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Gruziya-Turkiya-Ozarbayjon Mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Gruziya poytaxti Tbilisiga tashrif uyushtirdi.

1714569
Hulusi Akar gruziyalik hamkasbi Irakli Garibashvili bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili bilan uchrashdi.

Akar, Gruziya-Turkiya-Ozarbayjon Mudofaa vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Gruziya poytaxti Tbilisiga tashrif uyushtirdi.

Tbilisi aeroportida Gruziya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Davit Sujashvili, Turkiyaning Tbilisidagi elchisi Fatma Jeren Yazgan va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olingan Hulusi Akar, Bosh vazirlikda Gruziya Bosh vaziri Garibashvili bilan uchrashdi.

O‘zaro va mintaqaviy mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan uchrashuvda Hulusi Akar tomonidan, Turkiya va Gruziya o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar ta’kidlandi. Gruziyaning hududiy yaxlitligiga berilgan ahamiyat qayd etilib, mintaqaviy mulkchilik tamoyili asosida Qora dengizdagi muammolarning o‘zaro muloqot yo‘li orqali hal qilinishi kerakligi ifoda etildi. Shuningdek, ikkala mamlakat o‘rtasidagi harbiy o‘quv-mashq va mudofaa sanoati sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirilish masalasining ahamiyati ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar