Turkiya Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

“Kobuldagi Idgoh masjidi yonida sodir etilgan portlashda halok bo’lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Umid qilamizki, yaqinda mamlakatda tinchlik va barqarorlik o’rnatiladi",-deyiladi bayonotda.

1714123
Turkiya Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi yonida sodir etilgan portlashda ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan afg’on xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida qayd etildi.

Bayonotda Kobuldagi Idgoh masjidi yonida janoza namozi o’qilayotgan vaqtda sodir etilgan terrorchilik harakati tufayli ko’plab begunoh insonlar halok bo’lganidan boxabar bo’lganligi ma’lum qilindi.

“Ushbu portlashda halok bo’lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildiramiz. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilaymiz. Umid qilamizki, yaqinda mamlakatda tinchlik va barqarorlik o’rnatiladi”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Kobul , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar