Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan bo‘lgan uchrashuvining samarali o‘tganini qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Putin kecha 29.sentabr kuni Sochida Prezidentlik qarorgohida uchrashishdi.

1712478
Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan bo‘lgan uchrashuvining samarali o‘tganini qayd etdi
erdogan ucak.jpg
erdogan-putin.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an amaliy tashrif bilan borgan Rossiyaning Sochi shahrida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan samarali uchrashuv o‘tkazganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Putin Sochida Prezidentlik qarorgohida uchrashishdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv roppa-rosa 2 soat 45 daqiqa davom etdi.

Uchrashuv haqida Twitter hisobi orqali ma’lumot bo‘lishgan Erdo‘g‘an:

“Hamkasbim Putin bilan samarali uchrashuv o‘tkazib, Sochidan yo‘lga chiqdik”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi ushbu postida Putin bilan tushgan fotosuratiga ham o‘rin berdi.

Putin ham uchrashuv ortidan Erdo‘g‘anga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirgan holda:

“Uchrashuv juda foydali va keng ko‘lamli bo‘ldi. Biz aloqada bo‘lamiz”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an kecha 29-sentabr Turkiya vaqti bilan soat 17.00da Rossiyaning Sochi shahridan yo‘lga chiqdi.

Prezident Erdo‘g‘anga Sochi tashrifi chog‘ida Milliy Razvedka tashkiloti rahbari Hakan Fidan, Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Fahrettin Altun va Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin hamrohlik qildi.



Aloqador xabarlar