Prezident Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Putin uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan bugun Rossiyaning Sochi shahrida.

1712377
Prezident Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Putin uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an:

“Turkiya va Rossiya munosabatlarini tobora mustahkam ravishda davom ettirishda katta foyda bor”.-dedi.

Prezident Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Rossiyaning Sochi shahrida Prezidentlik qarorgohida uchrashdi.

Matbuotga yopiq ravishda bo‘lib o‘tgan uchrashuv roppa-rosa 2 soat 45 daqiqa davom etdi.

Prezident Erdo‘g‘an ushbu uchrashuv oldidan bergan bayonotida Turkiya-Rossiya munosabatlari o‘zini turli jihatdan ko‘rsatgani va savdo hajmining bugungi kunda yaxshi holatda ekanini belgilab, savdo hajmini nazarda tutgan holda “Buning yana-da yaxshilanishiga ishonchim komil. Ayniqsa turzimni qo‘llab-quvvatlagani uchun (Putinga) katta rahmat”.-dedi.

Qurilish ishlari Rossiya hamkorligida davom etayotgan Mersindagi “Akkuyu” atom elektr stantsiyasi haqida Erdo‘g‘an:

“Kelasi yili birinchi qismini ochishimiz mumkin”.-dedi.

Mudofaa sanoati sohasida Turkiya bilan Rossiyaning birgalikda tashlagan qadamlariga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Turkiya va Rossiya munosabatlarini tobora mustahkam ravishda davom ettirishda katta foyda bor. Suriya ustidan tashlagan qadamlarimiz alohida o‘ringa ega. U yerning ham tinchligi Turkiya va Rossiya munosabatlariga bogliq”.-deya gapirdi.

Putin esa:

“Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvlarimiz har doim muammosiz o‘tmaydi. Biroq tegishli muassasa va tashkilotlarimiz yo‘lini topa oladilar. Turkiyaning Rossiyadagi investitsiyalari jami 1,5 milliard AQSh dollariga, Rossiyaning Turkiyadagi investitsiyalari esa 6,5 ​​milliard AQSh dollariga yetdi. Barcha yirik loyihalar rejalashtirlganidek davom etmoqda”.-dedi.

“Qorabog‘dagi hamkorligimiz ham oq uzishni to‘xtatishda ham da kelajakda yana-da mustahkam va doimiy tinchlik o‘rnashi uchun muhim unsur hisoblanadi”-degan ifodalarga o‘rin bergan Putin:

“Turkiya bilan hamkorligimiz xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ravishda davom etmoqda. Bu yerda ham Suriya ham da Liviya haqidagi pozitsiyamizni nazarda tutyapman”.-deb qayd etdi.

 

 



Aloqador xabarlar