Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Draghi bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya-Italiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

1705193
Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Draghi bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Draghi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Turkiya-Italiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yetakchilar shuningdek, dunyo kun tartibidan joy olgan Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi va migratsiya muammosi yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident Erdo'g'an suhbat davomida Afg'onistonning Tolibon nazoratiga o'tishi bilan yangi gumanitar inqiroz yuzaga kelganligini, gumanitar yordam etkazib berish uchun Tolibon bilan aloqani saqlab qolish kerakligini, aks holda allaqachon salbiy tus olgan qochqinlar oqimi yanada avj olishini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha,  18 martda imzolangan immigratsion shartnomani har tomonlama yangilashga ehtiyoj bor.

Italiyaning Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarining rivojlanishi va a'zolik jarayonining printsipial qo'llab-quvvatlashi davom etishiga ishonishini bildirgan Erdo'g'an, Bojxona ittifoqini yangilash bo'yicha muzokaralarni iloji boricha tezroq va hech qanday shartlarsiz boshlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tilga oldi.

Italiya bosh vaziri Mario Draghi prezident Erdo’g’anni oktyabr oyida Italiya poytaxtida bo’lib o’tadigan Katta yigirmatalik (G-20) sammitiga taklif qildi.


 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Mario Dragi , #Italiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar