Mustafo Shento’p Parlamentlararo ittifoqning Venadagi sammitida ishtirok etdi

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p tashrif doirasida, Avstriya poytaxti Venadagi Turkiya elchixonasida turk jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

1704483
Mustafo Shento’p Parlamentlararo ittifoqning Venadagi sammitida ishtirok etdi

 

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Venada Avstriya parlamenti va BMT bilan hamkorlikda tashkil etilgan Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari rahbarlari sammitida ishtirok etdi.

Turkiya parlamenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, sammitda pandemiya oqibatlarini bartaraf etish va mamlakatlarni pandemiyadan so‘ng tiklashda parlament rahbarlarining ishtirok etishi masalalari muhokama qilindi hamda dolzarb masalalarga parlamentning samarali taʼsir choralari ko‘rib chiqildi.

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p tashrif doirasida, Avstriya poytaxti Venadagi Turkiya elchixonasida turk jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda taxminan 1 yil avval Venadagi teraktda politsiya xodimining hayotini saqlab qolgan Turkiya vatandoshi Rajap Tayyip Gultekin va Mikail O’zen ham ishtirok etdi.

Mustafo Shento’p vatandoshlar bilan suhbatlashdi va ushbu teraktda ro’y bergan talofatlar, xotiralar haqida fikr almashdi.

Shuningdek, Turkiyaning BMTdagi vakolatxonasida faoliyat ko’rsatgan doimiy vakil, elchi Ahmed Muhtor Gun tomonidan Mustafo Shento’p sharafiga rasmiy ziyorat berildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vena , #Turkiya , #Mustafo Shento’p

Aloqador xabarlar