Iroq shimolida yana ikki terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1704277
Iroq shimolida yana ikki terrorist yoʻq qilindi

Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo ikki terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Harbiy-havo kuchlarimiz Iroq shimolidagi terror uyalarini yer bilan yakson qilishni davom etmoqda. Shu doirada Panja-Yildirim amaliyoti olib borilgan hududda aniqlangan yana ikki nafar PKK a’zosi havo amaliyoti orqali yoʻq qilindi.”.-deyildi.

Bayonotda, terrorizmga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etishi ham ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar