Prezident Erdoʻgʻan Oʻrta muddatli dastur haqida ma’lumot boʻlishdi

Prezident Erdoʻgʻan ijtimoiy tarmoq orqali , Oʻrta muddatli dastur haqida ma’lumot boʻlishdi.

1703981
Prezident Erdoʻgʻan Oʻrta muddatli dastur haqida ma’lumot boʻlishdi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, kelasi uch yilning iqtisodiyotdagi yoʻl xaritasini oʻz ichiga olgan Oʻrta muddatli dastur haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi.

Unda buyuk va kuchli Turkiyaning qurilishi yoʻlida muhim qadam ekaniga ishonch hosil qilgan Oʻrta muddatli dasturning Turkiya va xalq uchun foydali boʻlishini tilagan Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, dasturning tayyorlanishiga hissa qoʻshgan barcha davlat tashkilot va muassasalariga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan ijtimoiy tarmoqdagi postida Oʻrta muddatli dastur haqida quyidagi ifodalarga ham oʻrin berdi:

“Iqtisodiyot bir yilda oʻrtacha hisob bilan 5.3 foizga oʻsadi, bir yilda oʻrtacha 1 million 170 ming kishi ish bilan ta’minlanadi, markaziy hukumat byudjeti kamchiligi milliy daromadga nisbatan 2.9 foizni tashkil etadi, milliy daromad bu yil 800 milliard dollardan yuqori, dastur muddati oxirida esa 1 trillion dollar saviyasiga chiqadi”.



Aloqador xabarlar