Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

Yetakchilar uchrashuv va muzokaralar doirasida Turkiya-Kongo munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, ko’p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko’zdan kechiradi.

1703599
Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti bugun Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti Felix Tshisekedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning rasmiy taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezident ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti ma’lum qilishicha, mazkur tashrif Kongo Demokratik Respublikasidan Turkiyaga prezident darajasida amalga oshirilgan birinchi rasmiy ziyorat bo’lib hisoblanadi.

Yetakchilar uchrashuv va muzokaralar doirasida Turkiya-Kongo munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladi. Shuningdek, ko’p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko’zdan kechiradi.

Ayni vaqtda, yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini, shu jumladan Turkiya-Afrika hamkorligi bo’yicha sammitga puxta tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko‘rib chiqadilar. Afrikadagi o’zgarishlar yuzasidan fikr almashadilar.



Aloqador xabarlar