Bahrayn qiroli Al Xalifa Turkiya elchisi Esin Chakilni qabul qildi

Bahrayn rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, uchrashuvda ikki qardosh mamlakat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

1703167
Bahrayn qiroli Al Xalifa Turkiya elchisi Esin Chakilni qabul qildi

 

Bahrayn qiroli Hamad bin Iso Al Xalifa Turkiyaning Bahrayndagi Favqulodda va muhtor elchisi Esin Chakilni qabul qildi.

Bahrayn rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, uchrashuvda ikki qardosh mamlakat o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda Turkiya-Bahrayn ko‘p qirrali hamkorligining jadal rivojlanishiga xizmat qilayotgan o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Al Xalifa aloqalarning ilg'or darajasiga va barcha sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratdi. U shuningdek, Turkiya bilan Bahrayn o’rtasidagi mavjud hamkorlik munosabatlariga yuksak baho berdi.

Bahrayn qiroli Al Xalifa Turkiya elchisi Esin Chakilga ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlashga qo’shayotgan salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Turkiya elchisi Esin Chakil ham Bahrayn qiroli Al Xalifaga barcha sohalardagi yuksak munosabatlarga ko'rsatgan g'amxo'rligi uchun minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Hamad bin Iso Al Xalifa , #Bahrayn

Aloqador xabarlar