Erdo’g’an Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga tashrif buyurdi

Erdo’g’an Sarayevodagi xalqaro aeroportda Bosniya-Gersegovina xavfsizlik vaziri Selmon Chikotich, Sarayevo buyuk shahar xokimi Benjamina Karich va Turkiyaning Bosniya-Gersegovinadagi Favqulodda va muhtor elchisi Sodiq Bobur Girgin tomonidan kutib olindi.

1698572
Erdo’g’an Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga tashrif buyurdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bosniya-Gersegovina poytaxti Sarayevoga tashrif buyurdi.

Erdo’g’an Sarayevodagi xalqaro aeroportda Bosniya-Gersegovina xavfsizlik vaziri Selmon Chikotich, Sarayevo buyuk shahar xokimi Benjamina Karich va Turkiyaning Bosniya-Gersegovinadagi Favqulodda va muhtor elchisi Sodiq Bobur Girgin tomonidan kutib olindi.

Kovachidagi Shahidlar hiyoboni oldida uni kutayotgan fuqarolar bilan uchrashgan Erdo'g'an, ular bilan qisqacha suhbatlashdi. Prezident shuningdek, noma'lum askar haykali va Bosniya-Gersegovinaning birinchi prezidenti marhum Aliya Izzetbegovichning qabriga gulchambar qo'ydi va duo qildi.

Erdog'an so’ngra, Bosniya-Gersegovina Islom Ittifoqi binosiga tashrif buyurdi. Shuningdek, poytaxt Sarayevodagi tarixiy Boshcharshi jome’yini ziyorat qildi. Boshcharshi maydonida mahalliy xalq tomonidan katta sevinch bilan kutib olingan Erdo’g’an Turklar tomonidan restavratsiya qilingan tarixiy jome’-masjidining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

“2015 yil 20 mayda tarixiy jome’-masjidini qayta ta’mirlash uchun ikki mamlakat tegishli idoralari o’rtasida hujjat imzolandi. Bugun biz sizlar bilan tarixiy jome’-masjidining ochilishida uchrashib turganimizdan xursandmiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti tantanali ochilish marosimida so’zlagan nutqida.

Bugun Sarayevoda Turkiya prezidenti sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi. Prezident saroyidagi tantanali marosimdan so’ng, prezidentlik kengashi vakillari bilan o’zaro uchrashuv bo’lib o’tadi.

Uchrashuv va muzokaralarda Sarayevo-Belgrad avtomagistralining Bosniya-Gersegovina tomonidagi qismini tez orada yakunlash masalasi muhokama qilinadi. “Tinchlik yo’li” loyihasi deb atalgan ushbu loyihaga 2019 yilda start berilgandi.

Shuningdek, ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga chiqarish va Bolqon davlatlaridagi turklarning muammolarini hal qilish yo’lidagi faoliyatlar ham ushbu tashrif kun tartibidan joy olgan.

Erdo’g’an Bosniya-Gersegovinaga tashrifini yakunlab, ertaga Chernogoriya Respublikasiga jo’nab ketadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Bosniya-Gersegovina , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar