Erdo’g’an bugun Bosniya-Gersegovinaga safar qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Bosniya-Gersegovina va Chernogoriya Respublikasiga rasmiy ziyoratini boshlaydi. Erdo’g’an tashrif doirasida Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi vakillari bilan uchrashadi.

1698107
Erdo’g’an bugun Bosniya-Gersegovinaga safar qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Bosniya-Gersegovina va Chernogoriya Respublikasiga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

Erdo’g’an tashrif doirasida Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi vakillari bilan uchrashadi.

Prezident dastlab Bosniya-Gersegovinaning birinchi prezidenti Aliya Izzetbegovichning qabrini ziyorat qiladi. So’ngra, Sarayevoning qalbi bo’lmish “Boshcharshi” jome’yini ziyorat qiladi. Turklar tomonidan restavratsiya qilingan jome’ning rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Bosniya-Gersegovinada Turkiya prezidenti sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkaziladi. Prezident saroyidagi tantanali marosimdan so’ng, kengash vakillari bilan o’zaro uchrashuv bo’lib o’tadi.

Uchrashuv va muzokaralarda Sarayevo-Belgrad avtomagistralining Bosniya-Gersegovina tomonidagi qismini tez orada yakunlash masalasi muhokama qilinadi. “Tinchlik yo’li” loyihasi deb atalgan ushbu loyihaga 2019 yilda start berilgandi.

Shuningdek, ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga chiqarish va Bolqon davlatlaridagi turklarning muammolarini hal qilish yo’lidagi faoliyatlar ham ushbu tashrif kun tartibidan joy olgan.

Erdo’g’an Bosniya-Gersegovinaga tashrifini yakunlab, ertaga Chernogoriya Respublikasiga jo’nab ketadi.

 



Aloqador xabarlar