Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari boʻyicha tergov ishlari davom etmoqda

Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari boʻyicha tergov ishlari jadal ravishda davom etmoqda.

1683006
Turkiyada sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari boʻyicha tergov ishlari davom etmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, ba’zi viloyatlarda sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari boʻyicha tergov ishlarining jadal davom etayotganini ma’lum qildi.

Istanbulda juma namozidan keyin bayonot bergan Erdoʻgʻan:

“Bir vaqtning oʻzida mamlakatimizning turli hududlarida sodir boʻlgan yongʻinlar boʻyicha tergov ishlari jadal davom etmoqda. Buning ortida qanaqadir suiqasd yoki shunga oʻxshash narsalar bormi yoki yoʻq, surishtirilmoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Yongʻin oʻchirish faoliyatlari uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Bugundan e’tiboran uchogʻimiz soni 5-6 ga chiqdi. Ular orasida Rossiya va Ukrainadan olingan uchoqlar ham bor. Ozarbayjon ham bir uchogʻini yuboradi. Uchuvchisiz havo transportimiz orqali ham mintaqadagi ahvolni kuzatyapmiz. 28-30 iyul kunlari afsuski 71 nuqtada oʻrmon yongʻini sodir boʻldi. Ularning 57 tasi nazorat ostiga olindi. Qolgan 14 oʻrmon yongʻinini nazorat ostiga olish ishlari davom etmoqda”. - dedi.

Prezident, oʻrmon yongʻinlaridan ziyon koʻrgan hech qaysi yurttoshni yolgʻiz qoʻymasliklarini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Oʻz bayonotida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi kurashga ham toʻxtalgan Prezident Erdoʻgʻan, bugungacha qariyb 72 million doza vaksina ishlatilganini qayd etdi.

Vaksinadan foydalanish imkoni yoʻq mamlakatlar bor ekan, Turkiyaning bunday muammoga duch kelmaganini ifoda etgan Erdoʻgʻan, barcha choralarni koʻrganliklari va oddiy hayot sharoitiga oʻtishni tezlashtirish payida ekanliklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar