Turkiya oʻrmon yongʻinlarini nazorat ostiga olish uchun barcha imkonlaridan foydalanmoqda

Faxrettin Altun, Turkiyadagi oʻrmon yongʻinlarini nazorat ostiga olish uchun barcha imkonlar safarbar qilinganini qayd etdi.

1682494
Turkiya oʻrmon yongʻinlarini nazorat ostiga olish uchun barcha imkonlaridan foydalanmoqda

Qayd etilishicha Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan milliy boylik hisoblangan oʻrmonlardagi yongʻinlarning nazorat ostiga olinishi va ziyon koʻrgan yurttoshlar dardiga darmon boʻlish maqsadida, davlatning barcha imkonlarini safarbar qilgan.

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi yetakchisi Faxrettin Altun Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, mamlakatning turli hududlarida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlari hammani qaygʻuga solganini belgilab oʻtgan holda, yongʻinlar chogʻida halok boʻlganlarga (4 kishi) Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Faxrettin Altun,

“Milliy boyligimiz hisoblangan oʻrmonlardagi yongʻinlarni nazorat ostiga olish va ziyon koʻrgan yurttoshlar dardiga darmon boʻlish maqsadida Prezidentimiz, davlatning barcha imkonlarini safarbar qildi. Hamma tashkilotlarimiz, maydonda yurttoshlarimiz yonida oʻz faoliyatlarini davom ettirmoqda”. - dedi.

Yongʻinning kelib chiqish sababi ustidan keng koʻlamli surishtiruv ishlari boshlatilganini ham oʻz soʻziga ilova etgan Altun,

“Mas’ullar eng qisqa vaqt ichida tabiyatimizga va oʻrmonimizga qarshi qoʻl urgan bu hujumlariga javob beradi. Duolarimiz, yongʻinlarga qarshi kurashgan oʻrmon qahramonlari bilan birgadir. Hammamiz uchun gechmis oʻlsun! (Falokat hammamiz uchun tezroq oʻtib ketgan boʻlsin degan ma’noda)”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #oʻrmon yongʻinlari

Aloqador xabarlar