Terror tarkibidan qochgan yana 5 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

2021-yili koʻndirish yoʻli orqali xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgan terroristlar soni 114 nafarga yetdi.

1682323
Terror tarkibidan qochgan yana 5 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi

PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan 5 terrorist, xavfsizlik kuchlariga taslim boʻldi.

Ichki Ishlar vazirligi, koʻndirish yoʻli orqali PKKdan qochgan tashkilotning yana 5 a’zosining xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlganini ma’lum qildi.

Taslim boʻlgan tashkilot a’zolarining 2014-2020 yillar orasida terror tashkiloti tarkibiga kirgani shuningdek Turkiya, Iroq va Suriyada faoliyat olib borganliklari aniqlandi.

Bundan tashqari, taslim boʻlgan tashkilot a’zolaridan 3 nafarining oilasi Diyarbakirda bolalarini kutayotgan oilalar qatorida.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yili koʻndirish yoʻli orqali xavfsizlik kuchlariga taslim boʻlgan terroristlar soni 114 nafarga yetdi.



Aloqador xabarlar