Izmirda to‘rt yuzga yaqin muhojir qutqarildi

Turkiyaning Izmir viloyatining farqli tumanlarida to‘rt yuzga yaqin muhojir qutqarildi.

1681214
Izmirda to‘rt yuzga yaqin muhojir qutqarildi

Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgan va qayiq ichida chorasiz qolgan uch yuz sakson sakkiz nafar muhojir qutqarildi.

Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari 17-20 iyul kunlari Izmirning Dikili tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan yetmish sakkiz muhojirni qutqardi.

Xodimlar tomonidan 18-21 iyul kunlari Seferixisar qirgʻogʻidan uzoq nuqtada, Gretsiya unsurlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan ikki yuz o‘n yetti nafar muhojir qutqarildi.

22-iyul kuni esa Focha tumani qirgʻogʻidan uzoq nuqtada yoʻldan qaytarilgan yigirma olti nafar muhojir quriqlikka olib chiqildi. Cheshme tumanida qayiqda chorasiz qolib yordam soʻragan oltmish yetti nafar chet ellik kishi qutqarildi.

Qutqarilgan jami uch yuz sakson sakkiz muhojir kerakli protsedura ortidan viloyatdagi migratsiya idorasiga topshirildi.

 



Aloqador xabarlar