Turkiyaning seldan ziyon koʻrgan tuman va qishloqlari tabiiy ofat hududi deb e’lon qilinadi

Turkiyaning Duzje, Rize va Artvin viloyatlarining seldan ziyon koʻrgan tuman va qishloqlari tabiiy ofat hududi deb e’lon qilinadi

1680593
Turkiyaning seldan ziyon koʻrgan tuman va qishloqlari tabiiy ofat hududi deb e’lon qilinadi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Duzje, Rize va Artvinning seldan ziyon koʻrgan tuman va qishloqlarining tabiiy ofat hududi deb e’lon qilinishini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan Twitter hisobi orqali oxirgi vaqtlarda sodir boʻlgan sel falokati toʻgʻrisida bayonot berdi.

Rize, Artvin va Duzje viloyatlarida yuz bergan sel falokati yoʻl ochgan vayronani bartaraf qilish, yaralarni davolash uchun kerakli barcha qadamlarni tashlashni davom etayotganliklarini belgilab oʻtgan Erdoʻgʻan, nomi tilga olingan 3 viloyatning seldan ziyon koʻrgan tuman va qishloqlarining ofat hududi deb e’lon qilinishini bildirdi.

Erdoʻgʻan tabiiy ofat hududi deb e’lon qilinadigan mintaqalarda soliq, SGK (Ijtimoiy Xavfsizlik tizimi) poyi va savdogarlarning qarzini qayta toʻlashlarining keyingiga qoldirilishini, ishxona va trasport ziyonlari uchun yordam berilishini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar