Altun Tunisdagi voqealarni TRT va AAdan kuzatishga chaqirdi

Faxrettin Altun Twitter hisobida qoldirgan postida, Turkiya Respublikasining har doim va hamma joyda demokratiya va milliy iroda tomonida ekanini ta’kidladi.

1680294
Altun Tunisdagi voqealarni TRT va AAdan kuzatishga chaqirdi

Prezidentlik apparati Aloqalar boʻlimi rahbari Faxrettin Altun, Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) va Anadoʻlu agentligining (AA) Tunisda yuz bergan voqealarni ilk ondan e’tiboran butun dunyoga ovoza qilganini belgilab oʻtgan holda, toʻgʻri va ishonchli xabarlarning TRT World va AA hisoblaridan kuzatish mumkinligini qayd etdi.

Faxrettin Altun mavzu haqida Twitter hisobida qoldirgan postida, Turkiya Respublikasining har doim va hamma joyda demokratiya va milliy iroda tomonida ekanini ta’kidladi.

Xalqning oʻtmishda, iqtidorning saylov orqali kelib - ketmagani yuzasidan katta muammolarga duch kelganini yodga solgan Altun:

“Shu tufayli Tunisdagi oxirgi voqealardan xavotirdamiz va demokratiyaninig tez kunlarda qayta oʻrnatilishiga ishonchimiz komil”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) va Anadoʻlu agentligining (AA) Tunisda yuz bergan voqealarni ilk ondan e’tiboran butun dunyoga ovoza qilganini belgilab oʻtgan Altun, toʻgʻri va ishonchli xabarlarning TRT World va AA hisoblaridan kuzatish mumkinligini oʻz soʻziga ilova etdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Faxreddin Altun , #Tunis , #demokratiya

Aloqador xabarlar