Turkiya ShKTRning keng koʻlamli tan olinishi uchun chora koʻradi

Prezident Erdoʻgʻan Adolat va taraqqiyot partiyasi tashkilotlari bilan videoanjuman orqali amalga oshirilgan hayitlashish dasturida ishtirok etdi.

1678415
Turkiya ShKTRning keng koʻlamli tan olinishi uchun chora koʻradi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Kipr Turk davlatining eng qisqa vaqtda keng koʻlamli tan olinishi uchun har qanday chorani koʻrishlarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan bu mavzuga, oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) tashkilotlari bilan videoanjuman orqali amalga oshirilgan hayitlashish dasturida toʻxtaldi.

Erdoʻgʻan unda:

“Kecha va tunov kuni (19-20 iyul) arafa kunidan boshlab hayit kuni oqshom soatlarigacha davom etgan Kipr dasturimiz koʻp jihatdan alohida oʻringa ega edi. Bundan buyon Kipr turklarining xalqaro platformadagi bittayu-bitta talabi, mustaqil davlat maqomlarining tan olinishidir. Bundan boshqa hech qaysi taklif qabul qilinmaydi”. - dedi.

“Shunday ekan Kipr Turk davlatining eng qisqa vaqtda keng koʻlamli tan olinishi uchun har qanday chorani koʻramiz”. - degan ifodalarga oʻrin bergan Erdoʻgʻan:

“Oroldagi 2 kunlik tashriflarimiz chogʻida kiprlik birodarlarimizning bu borada qat’iy qarorli ekanliklarini koʻrdik”. - deya gapirdi.

Erdoʻgʻan shuningdek, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasining dunyoning turli davlatlarida yangi variantlari bilan avj olib borayotganiga qaramay Turkiyaning hali hanuz bu xavf panjasiga tushmaganini ifoda etdi.

Erdoʻgʻan shuningdek:

“Yoshlarimiz bosh boʻlish bilan birga yurtimiz kadrlar boʻlimini eng samarali ravishda baholash uchun barcha muassasalarimiz bilan katta qʻayrat ichidamiz”. - dedi.

 



Aloqador xabarlar