Erdoʻgʻan: Turkiya kecha boʻlganidek bugun va ertaga ham ShKTRning yonida

Prezident Erdoʻgʻan, ShKTRga uyushtirgan amaliy tashrifi chogʻida Nikosiyadagi Buyuk Xonda yoshlar bilan uchrashdi.

1678089
Erdoʻgʻan: Turkiya kecha boʻlganidek bugun va ertaga ham ShKTRning yonida
erdogan kktc gencler1.jpg
erdogan kktc gencler.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) yoshlariga, olib borgan kurashlarida har doim yonlarida boʻlishlarini bildirdi.

Prezident Erdoʻgʻan, ShKTRga uyushtirgan amaliy tashrifi chogʻida Nikosiyadagi Buyuk Xonda yoshlar bilan uchrashdi.

Erdoʻgʻan oʻz nutqida yoshlarning imon, bilim, qat’iyat, energiya va gʻayratlari orqali Turkiya va ShKTR maqsadlariga erishtirishlarini qayd etgan holda:

“Kiprda olib borgan har bir kurashda, kecha boʻlganidek bugun ham, ertaga ham siz bilan birgamiz. Xudo xohlasa bu kurash, huddi buyuk va kuchli Turkiyadek qudratli ShKTRning ham inshoosini tamomlaydi”. - dedi.

Turkiyaning Kiprdagi hech kimning haq-huquqi, mol-mulki va kelajagiga koʻz tikmaganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Biz faqat oʻz huquqlarimizni himoya qilish, oʻz kelajagimizni inshoo etish payidamiz. Har doim bergan va’dalaridan qaytganlarni, har doim kelishuvni buzganlarni, har doim erkalik qilganlarni qoʻllab-quvvatlaganlar bir kunmas bir kun bu yerdagi fazilatni koʻrib qabul qiladi va vazifasini bajaradi. U kungacha haqqimizni olish uchun birgalikda hormay-tolmay mehnat qilamiz, kurashamiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #ShKTR , #yoshlar , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar