Suriyada ikki nafar turk harbiy halok bo'ldi

Suriyaning Al Bob tumanida Turkiya qurolli kuchlari tomonidan "Firot qalqoni" harbiy amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotining hujumi oqibatida ikki nafar turk harbiy halok bo'ldi, ikki harbiy jarohatlandi.

1679735

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

"Firot qalqoni" harbiy amaliyoti olib borilgan hududda jangarilar tomonidan sodir etilgan hujumda ikki nafar qahramon turk harbiyimiz halok bo'ldi, ikki nafar harbiy jarohatlandi. Hududdagi terror ob'yektlariga og'ir zarba berildi",-deyiladi bayonotda.

"Firot qalqoni" harbiy amaliyoti 2016-yil avgustda boshlanib, 2017-yil mart oyida yakunlangandi. Harbiy amaliyot natijasida Suriyaning Al Bob tumani jangarilardan tozalangandi.

Aloqador xabarlar