TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1677337
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Iroq shimolidagi Metina tumanida PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turk Qurolli kuchlarining Iroq shimolidagi terror inlarini yer bilan yakson qilishni davom etgani bildirildi.

Bayonotda,

“Panja-Shimshek amaliyoti doirasida Iroq shimolidagi Metinada aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 5 terrorist, ATAK vertolyotlari tomonidan yoʻq qilindi.”. - degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar