Prezident Erdoʻgʻan Yevropa Adolat sudining hijob toʻgʻrisidagi qaroriga munosabat bildirdi

Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (KKTC) joʻnab ketishdan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

1677493
Prezident Erdoʻgʻan Yevropa Adolat sudining hijob toʻgʻrisidagi qaroriga munosabat bildirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, Yevropa Adolat sudining musulmonlarning eng asosiy haq-huquq va erkinliklarini nishonga olgan hijob toʻgʻrisidagi qaroriga munosabat bildirdi.

Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (KKTC) joʻnab ketishdan oldin uyushtirgan matbuot anjumanida, Yevropa Adolat sudining hijob haqidagi qaroriga qarshi quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Ayniqsa Adolat sudi, oʻz nomini oʻzgartirishi kerak. Buning Adolat sudi bilan yaqindan uzoqdan aloqasi yoʻq. Ularning Adolat sudi ekanini isbotlashlari uchun avvalom bor ishonch erkinligining nima ekanini bilib olishlari lozim. Bu gapni borib kipa kiyganlarga ham aytib koʻrsinlar. Ular uchun bunday gaplarni ayta olarmikin oʻzi?”

Yevropa Adolat sudi 15-iyul kuni Germaniyada hijoblari tufayli ishdan boʻshatilgan ikki ayolning ishi ustidan qaror qabul qildi va u qarorda, Yevropa ittifoqidagi shirkatlarning oʻz ishchilarining hijobda yurishini -ma’lum shartlar ostida- taqiqlash huquqiga ega ekani qayd etildi.

Sud tomonidan berilgan bayonotda:

“Ishxonada siyosiy, falsafiy yoki diniy e’tiqod belgilarini kiyishni taqiqlash; ish beruvchining mijozlarga qarshi xolis koʻrinishni taqdim etish yoki ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olish zarurati bilan oqlanishi mumkin”. - degan ifodalarga oʻrin bergandi.

 

 



Aloqador xabarlar