Erdo’g’anning 15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni munosabati bilan so’zlagan nutqi

“Xalqimizning har bir farzandi misli ko’rilmagan ushbu vatanga xiyonatni eslagan sari mustaqilligimizga va istiqbolimizga yana ham chambarchas bog’lanishi muqarrardir”,-dedi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

1676388
Erdo’g’anning 15 iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni munosabati bilan so’zlagan nutqi

 

15-iyulda sodir etilgan davlatni to’ntarishga tashabbusning besh yilligi munosabati bilan Turk xalqiga murojaat qilgan Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an: “2016-yilning 15-iyul juma kuni oqshom boshlangan lekin, xalqimiz tomonidan to’xtatilgan davlatni to’ntarishga tashabbus mamlakatimiz tarixida ibratli voqea sifatida o’rin egalladi. Kelajakda xalqimizning har bir farzandi misli ko’rilmagan ushbu vatanga xiyonatni eslagan sari mustaqilligimizga va istiqbolimizga yana ham chambarchas bog’lanishi muqarrardir”,-dedi.

 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning “15-iyul – Demokratiya va milliy birdamlik kuni” munosabati bilan so’zlagan nutqi.

 

Aziz xalqim!

Avvalo sizlarga samimiy tuyg’ularim va chin ko’ngildan salomimni aytmoqchiman. Bugun davlatimiz va xalqimizning tarixidagi eng hoin hujumning hamda xalqimizning xiyonatga qarshi shonli kurashining besh yilligidir. So’zlarimni o’sha  kechada “Badr qahramonlaridek shonli” kurashi paytida shahid bo’lgan 251 nafar shahidimizga Allohdan rahmat tilagan holda boshlamoqchiman.

Har biri qahramonlarcha doston yozgan shahidlarimiz “tarixning oltin sahifalariga yozaylik” desak ham sig’maydigan darajada tenggi yo’q qahramonliklari bilan, xalqimizga ko’z olaytirgan xoinlarga kerakli javobni berdilar. Payg’ambarlikdan keyingi  eng sharafli maqomga erishgan, Robbimiz nazarida eng oliy martabaga erishgan shahidlarimizga bo’lgan sadoqatimizni, ularning bizlarga omonat qilib qoldirgan vatanni mudofaa qilgan holda ko’rsatishga g’ayrat qilmoqdamiz.

 

“Vatanimizga va xalqimizga xiyonatni aslo unutmaymiz”

Yoshu-qari, ayolu-erkak, talabayu-muallim, davlat xodimi va tijoratchisi bo’lib har yoshdan, turli kasbdan, turli sohadan bo’lgan xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib ushbu xoin hujumga qarshi jonini qalqon qilib ko’chalarni va maydonlarni to’ldirdilar. Qayerda hukumatni to’ntarmoqchi bo’lganlarni ko’rsa ularning oldini to’sdilar, kerak bo’lganida oldiga solib quvdilar. O’z onasidan, yoridan, farzandidan voz kechib, jonini ayamay kurashgan va majruh bo’lgan veteranlarga ham chin qalbimdan tashakkur aytmoqchiman.

Faqatgina Allohga egilgan xalqimizning mustaqillik sevgisi, erkinlikning timsoli bayrog’imizning hilpirashi, yurtimizning har chekkasida abadiy  jaranglovchi azonlarimizning sadosi guvoh bo’lsinki; vatanimizga va xalqimizga qaratilgan ushbu xiyonatni aslo unutmagaymiz!  Xoinlardan ushbu xiyonatning  javobini so’radik va so’rashni davom ettiramiz. Oxiratda ham ularning yoqasiga yopishamiz, u yerda ham tinch qo’ymaymiz.

 

Aziz xalqim!

2016-yilning 15-iyul kechasi sodir etilgan davlatni to’ntarishga urinish mamlakatimiz  tarixida ibratomuz o’rin egalladi. Kelajakda xalqimizning har bir farzandi, misli ko’rilmagan vatanga bo’lgan xiyonatni eslagan sari, mustaqilligimizga va istiqbolimizga yana ham chambarchas bog’lanishi muqarrardir.

Mamlakatimizda respublika e’lon qilingandan beri, bir necha to’ntarish, to’ntarishga urinish holatlari va terror hurumlari ro’y berdi. Lekin, 15-iyul voqealari bizlarga o’z davlatiga, o’z xalqiga, o’z vatandoshiga qurol o’qtalgan, begunohlarning qonini to’kkan xoinlarning qanday qilib dunyoning en sargardon mavjudotlariga aylanib qolishini ko’rsatdi.

Xususan, xalqlarni birdamlikka yetaklagan omillardan biri, shubhasiz tarixdagi bunday nohush voqealarga qarshi qo’lga kiritilgan ustun g’alabalardir. Ming yildan beri o’z vatanimizning ayovsiz kurashlarga to’la ekanligini, deyarli har kuni kurashib kelayotganligimizni bilamiz. Dunyodagi har bir davlatning va jamiyatning nazari tushgan ushbu mintaqani ming yildan beri asrab-avaylashning og’ir yukini zimmamizga olib kelyabmiz. So’nggi bir ikki asr mobaynida atrofimizda ro’y bergan hodisalarga razm solganimizda birlik, barobarlik, qardoshlik rishtalari bilan mamlakatimizni va kelajagimizni qutqarib qolganimiz bir haqiqatdir.

 

“Bizning ko’hna madaniyat va tarixiy merosni saqlab qolayotganimizni tushunmayotirlar”

Oxirgi sakkiz yil ichida mamlakatimizga qarshi turli niqoblar ostida sodir etilgan hujumlar o’z vatanimizni asrab-avaylash yo’lidagi kurashimizning davom etishini taqazo qilmoqda. PKK, DEASh, FETO va boshqa terroristik guruhlar vositasida bizga qarshi sodir etilgan hujumlardan maqsad vatanimizga bo’yin egdirish, xalqimizni asir qilib olish, tuproqlarimizni talon-taroj qilishdan iborat. Qolaversa, har bir xalqaro platformalarda Turkiyaga qarshi haqqoniyatsiz standartlar, yuqoridagi maqsadlarning yana boshqacha tusdagi ko’rinishi bo’lib hisoblanadi.

Terrorizmga qarshi  kurash bahonasida o’n minglab chaqirim uzoqdan kelib, mintaqamizni qonga bulagan va ko’z yoshga cho’mganlar Turkiyani ham bulg’ay olmaganligi uchun qattiq alam qilmoqdalar. O’z xavfsizligi va sharoiti uchun mamlakatimizdan qalqon sifatida foydalanganlar aslida bizlarning katta bir madaniy va tarixiy merosni saqlab qolishga harakat qilayotganimizni tushunishmayabdi. Mintaqamizdagi tinchlik, barqarorlik, xotirjamlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ko’rsatayotgan g’ayratimiz va fidokorona mehnatimiz buyuk ve qudratli Turkiyaning barpo etilishi yo’lida tobora kuchlanayotgan uyg’onishning aks sadosidir.

“Gezi” parkidagi voqealar bilan ijtimoiy tanglik keltirib chiqarmoqchi bo’lganlar, aksincha xalqimizning birlik va barobarligini yana-da kuchlantirganini fahmlay olmadilar. Davlatni to’ntarishga urinib, xalqning erkin irodasini toptab, vatanimizni bosib olmoqchi bo’lganlar ming yillik vatan tushunchasini yana ham mustahkamlab qo’yganligini farqiga bormadilar. Terrorist guruhlardan foydalanib mamlakatimiz tinchligiga rahna solmoqchi bo’lganlar, bu xatti-harakatlari bilan xalqimiz orasidagi qardoshlikni yana-da kuchaytirib yuborganligini tushib yetmadilar.

 

“Buyuk va qudratli Turkiyaning barpo etilishiga to’sqinlik qila olmaydilar”

Mamlakatimizning shimoli-sharqi, janubi-g’arbidagi tarixiy va madaniy rishtalarga ega bo’lgan mintaqalardan bizni uzoqlashtirmoqchi bo’lganlar bizni ular bilan yana ham yaqinlashishimizga zamin yaratganligini bilishmaydi. Bizning faqatgina insoniyat uchun haqqoniyat va adolat talab qilishimizni, huddi o’zlarining talablari kabi siyosiy ikkiyuzlamachilik qatorida ko’rgan tomonlar  mazlumlarning sadosi va umidiga aylanganimizni anglab yetolmadilar. 15- iyul kechasi xalqimizning qanday qilib dunyoning eng zamonaviy harbiy texnikalarini qurolsiz o’z qo’llari bilan to’xtata olganligini tushunmaganidek, mamlakatimizning boshqa xususlardagi mag’rur turishining sababini ham yecha olmadilar.

Holbuki, biz o’z mamlakatimiz uchun nimani xohlasak, mintaqimiz uchun ham, barcha do’st davlatlar uchun ham xuddi shu narsani xohladik, halos. Bu maqsadimiz boshqa niyatimizni yashirish uchun emas, balki buni amalga oshirganimiz uchun har bir mamlakatda yuqori baholandi. Biz ushbu tilagimizni yaqin o’tmishda Suriyada, Libyada va Tog’li Qorabog’da ham ro’yobga chiqardik. Mana endi, Afg’onistonda va boshqa mintaqalarda ham haq yo’lida qardoshlarimiz bilan birga bo’lamiz.

15-iyul voqealari nafaqat mamlakatimiz istiqboli, balki demokratiyaning ramzidir. Bu haqiqatni ko’rmoqchi bo’lgan ko’zlar, eshitmoqchi bo’lgan quloqlar, so’zlamoqchi bo’lgan tillar, tushinmoqchi bo’lgan onglar, quvonmoqchi bo’lgan qalblar, umidlanmoqchi bo’lgan vijdonlar ko’ra oladi.

Allohga hamdu-sanolar  bo’lsinki, xalqimiz bizni tushinmoqda, bizga imkoniyat bermoqda, biz bilan birga qadam bosmoqda. Aynan shu sababli mamlakatimizni asir qilmoqchi bo’lgan bosqinchilarga bir asr avval aytganimizdek, bugungi kunda ham  “Turkiyani yengib bo’lmaydi” deyabmiz. Shu sababli xalqimizga nisbatan yozuv niyat qilgan kuchlarga “uddalay olmaymiz” demoqdamiz. O’tmishda muvaffaqiyatli bo’la olmadilar, bugungi kunda ham, kelajakda ham muvafaqqiyatli bo’la olmaydilar, buyuk va qudratli Turkiyaning barpo etilishiga to’sqinlik qila olmaydilar.

 

“Bizning yo’ldoshimiz xalqimizdir”

Kim kim bilan yurmoqchi bo’lsa yursin, bizning yo’ldoshimiz xalqimizdir. Bizning yo’ldoshimiz Malazgirt, Istanbul, Chanoqqal’a, Kipr va 15- iyul voqealari shahidlaridir.  Bizning yo’ldoshlarimiz dovrug’i dunyoga doston bo’lgan qahramon  veteranlarimizdir. Bizning yo’ldoshlarimiz nuroniy oqsoqollarimiz, oq ro’molli mo’tabar onaxonlarimiz ko’z yoshlari bilan qilgan duolaridir. Bizning yo’ldoshimiz dunyoning har tomonida bizdan najot kutgan mazlumlardir. Bizning yo’ldoshimiz o’z kelajagi va vatani uchun qalbi daryo, hayajonga to’la, loyihalarga boy, butun nigohini 2053-yilga qaratgan yoshlarimizdir, farzandlarimizdir.

Darvoqe, Arximed “menga bir tirgak bersangiz dunyoni tebrataman” aytganidek, biz ham buyuk xalqimiz bilan birga dunyoni tebratamiz, jahonga hukm qilamiz, koinotga ham o’z ovozimizni yetkazamiz. Robbimiz bizlarga yordam bersin!

Robbim bizga 15-iyul voqealari kabi og’ir sinovlarni takror ko’rsatmasin! Robbim vatanimizni va xalqimizni o’z panohida asrasin!  Robbim ishlarimizni oson qilsin! Har bir g’ayratimiz o’z samarasini bersin!

Ushbu niyatlar bilan so’zlarimni yakunlar ekanman, yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bilan barchangizni muborakbod etaman! Ushbu muborak kunlar hurmati xalqimizga, musulmonlarga va butun insoniyatga xotirjamlik bersin! Barchangizga cheksiz hurmatimni va muhabbatimni izxor etaman! Salomat bo’linglar!



Aloqador xabarlar