Chavusho‘g‘lu: “Turkiya Suriyada Rossiya bilan birgalikda ishlashni davom etadi

Chavusho‘g‘lu, taklifiga binoan Turkiyaga kelgan rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Antaliyada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1667711
Chavusho‘g‘lu: “Turkiya Suriyada Rossiya bilan birgalikda ishlashni davom etadi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning Suriyada Rossiya bilan birgalikda ishlashni davom etishini bildirdi.

Chavusho‘g‘lu, taklifiga binoan Turkiyaga kelgan rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan Antaliyada mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Chavusho‘g‘lu, uchrashuvlarida Rossiya bilan o‘zaro aloqalardan tashqari mintaqaviy masalalarning ham qo‘lga olinganini, Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Qorabog‘dagi oxirgi vaziyatning kun tartibiga olib chiqilganini bildirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘li,

“Suriyani qo‘lga oldik. Liviyadagi oxirgi vaziyatni ham baholadik. Afg‘onistondagi voqealarni ham muhokama qildik. Qorabog‘ bugun yana mintaqaviy masalalarimizdan biri edi. Suriyada siyosiy jarayon, sohada tinchlikning davom etishi uchun Rossiya bilan birgalikda ishlashni davom etamiz. Hozirda Suriya uchun eng foydali mexanizm, bu Ostona jarayonidir”. - dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Liviya masalasida esa:

“Liviyada mamlakatning siyosiy birligi shuningdek, hududiy yaxlitligi hammamiz hamfikr bo‘lgan ustuvor yo‘nalishdir”. - degan ifodaga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi Rossiya bilan vaksina sertifikatlari to‘g‘risida:

“Vaktsina sertifikatlarimizni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi taklifimizni Rossiyaga yetkazdik”. - deya gapirdi.

Yig‘ilishning savol-javob qismida, Kanal Istanbul haqidagi savolga javob bergan Chavusho‘g‘lu:

“Bo‘g‘ozdagi kema harakati bugungi kunda jiddiy ravishda xavf tug‘dirmoqda. Na Kanal Istanbulning Montre shartnomasiga ta’siri bor na Montre shartnomasining Kanal Istanbulga”. - dedi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Lavrov ham yig‘ilishda, Turkiya bilan turizmning davom etishi uchun faoliyatlarni surdirishlarini ifoda etgan holda:

“Fuqarolarimiz Antaliyani jozibali manzil sifatida qabul qilmoqda. Bu turizmning kelajakda ham davom etishi uchun faoliyatlarimizni to‘xtatmaymiz”. - deya gapirdi.

“Montre shartnomasining yo‘lga qo‘yilishi borasida Turk do‘stlarimiz va kasbdoshlarimiz bilan hamkorlikdan mamnunmiz”. - degan Lavrov:

“Istanbul kanalining qurilishi, chet davlatlari harbiy qismlarining u yerda joylashishiga zamin tayyorlamaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ozarbayjondagi qo‘shma qo‘mondonlik markazi faoliyatlarini ham yuqori baholaganliklarini bildirgan Lavrov:

“Tomonlarning yarashishini istaymiz. Ham armanlar, ham ozarbayjonliklarning yonma-yon, yaxshi qo‘shni sifatida yashashlarini xohlaymiz”. - deya gapirdi.

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Lavrov o‘z so‘zida, Sputnik V vaksinasining Turkiyaga jo‘natilishi va uni birgalikda ishlab chiqarishning pandemiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar