Hulusi Akar Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

Akar, Qirgʻiziston Mudofaa vaziri general - mayor Taalaybek Omuraliyevning rasmiy taklifiga binoan borgan poytaxt Bishkekdagi tashrifini davom ettirmoqda.

1667454
Hulusi Akar Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Hulusi Akar Sadır Caparov 2.jpg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi.

Akar, Qirgʻiziston Mudofaa vaziri general - mayor Taalaybek Omuraliyevning rasmiy taklifiga binoan borgan poytaxt Bishkekdagi tashrifini davom ettirmoqda.

Hulusi Akar ushbu tashrifi doirasida Qirgʻiziston Prezidenti Japarov tomonidan Prezidentlik binosida qabul qilindi.

Uchrashuv chogʻida Akarning, Prezidentlar raisligida oʻtkazilgan Turkiya-Qirgʻiziston Oliy darajali strategik hamkorlik kengashi yigʻilishining oʻzaro munosabatlarga kuchli ta’sir qilgani va kelajak tomon bir yoʻl xaritasi oʻrtaga qoʻyilgani; ushbu doirada mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati masalalari doxil, bir necha sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish istagini ifoda etgani shuningdek, Fetullahchi terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurashda, hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlagani ma’lum boʻldi. 

Akar tashriflari doirasida dunyoga mashhur qirgʻiz yozuvchisi va diplomati Chingʻiz Aytmatovning “Sahroning dono qalami” deb nomlangan muzeyini ham ziyorat qildi.

Tashrif yakunida muzeyning faxriy daftariga imzo chekkan Mudofaa vaziri Akar, Qirgʻizistonga boʻlgan tashrini yakunlab, Tojikistonga joʻnab ketdi.

 



Aloqador xabarlar