Hulusi Akar Qirg‘iziston Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib olindi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda.

1666808
Hulusi Akar Qirg‘iziston Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib olindi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Mudofaa vaziri general - mayor Taalaybek Omuraliyev bilan uchrashdi. Hulusi Akar Qirg‘iziston Mudofaa vazirligida harbiy marosim bilan kutib olindi.  

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Qirg‘iziston Mudofaa vaziri general - mayor Taalaybek Omuraliyev kutib olish marosimi ortidan o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi. Ortidan esa ikkala vazir ham hay’atlaro uchrashuvga yetakchilik qildi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Qirg‘iziston Mudofaa vaziri general - mayor Taalaybek Omuraliyev uchrashuvlar ortidan, Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan qirg‘iz askarlarini yodga olish uchun inshoo etilgan “O‘chmas olov” yodgorligiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi.  



Aloqador xabarlar