Goʻkbey vertolyotining 3-prototipi birinchi parvozi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi

Goʻkbey vertolyotining 3-prototipi birinchi parvozi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi. Bu haqida Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir ma'lumot berdi.

1666165
Goʻkbey vertolyotining 3-prototipi birinchi parvozi muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirildi

Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbari Ismail Demir, sertifikatlash sinovlari davom etayotgan Goʻkbey vertolyotining 3 - prototipi birinchi parvozining muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilganini bildirdi.

Demir, oʻzining Twitter hisobida mavzu haqida bergan bayonotida:

“Taxminan 40 daqiqa davom etgan ushbu parvoz orqali uchish sinovi faoliyatlariga yana bir prototipni kiritdik”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Mudofaa Sanoati rahbari Demir shuningdek, vertolyotning parvozi va qoʻnishi tasvirlari oʻrin olgan bir videolavhani ham Twitterdagi postiga ilova etdi.  



Aloqador xabarlar