Mavlud Chavusho’g’li Italiyadagi xalqaro anjumanda ishtirok etadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li yig’ilish doirasida Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garno va Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis bilan uchrashdi.

1665951
Mavlud Chavusho’g’li Italiyadagi xalqaro anjumanda ishtirok etadi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun Italiya mezbonligida bo’lib o’tadigan terror tashkiloti DEAShga qarshi kurash bo’yicha xalqaro koalitsiya va Suriyaga bag’ishlangan yig’ilishda ishtirok etadi.

Mavlud Chavusho’g’li yig’ilish doirasida Kanada tashqi ishlar vaziri Mark Garno va Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis bilan uchrashdi.

Uchrashuv tafsilotlari ma’lum qilinmadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri shuningdek, ertaga 29 iyun seshanba kuni Italiyaning Matera shahrida bo’lib o’tadigan “Katta yigirmatalik” (G-20) davlatlarining tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar