Shentop: Tataristonning tinchligi, farovonligi va barqarorligi uchun birgalikda ishlashdan mamnunmiz

Mustafa Shentop Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov bilan uchrashdi.

1664413
Shentop: Tataristonning tinchligi, farovonligi va barqarorligi uchun birgalikda ishlashdan mamnunmiz

Turkiya Buyuk Milliy Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnihanov bilan uchrashdi.

Shentop Majlisdagi uchrashuvda soʻzlagan nutqida, Turkiya va Tatariston oʻrtasidagi qadimiy, tarixiy, madaniy, insoniy va iqtisodiy aloqalarning Rossiya Federatsiyasi bilan mavjud munosabatlarga ham kuch - quvvat va xilma - xillik qoʻshgan muhim omillar ekanini ta’kidlagan holda:

“Tataristonning tinchligi, farovonligi va barqarorligi uchun birgalikda ishlashdan mamnunmiz.” - dedi.

Shentop, 11 - may kuni Qozon shahridagi maktablardan birida uyushtirilgan qurolli hujum natijasida hayotdan koʻz yumgan oʻquvchi va oʻqituvchilarning qayd etilgani, tan jarohati olganlar borligi haqidagi voqeani chuqur qaygʻu bilan kuzatganliklarini ifoda etgan holda, voqea tufayli Tatariston xalqiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Turkiyadan Tatariston bozoriga boʻlgan qiziqishning davom etayotgani va Rossiya Federatsiyasiga Turkiya tomonidan kiritilgan sarmoyalarining toʻrtdan bir boʻlagining Tataristonda ekaniga e’tibor qaratgan Shentop, “Murakkab va muammoli vaqtlarda ham turk tadbirkorlarni qoʻllab - quvvatlashingiz va ishonchingiz har doim yodimizda boʻladi”. - deya gapirdi.

“Turkiya va qardosh turk xalqi bilan yuqori darajadagi munosabatlarimizdan mamnunmiz.” - degan Minnihanov ham, Rossiya Federatsiyasi bilan Turkiya oʻrtasidagi qadimga borib taqalgan aloqa va hamkorlikning rivojiga hissa qoʻshgan Tatariston - Turkiya munosabatlarining ortishidan ham xursand ekanliklarini ta’kidladi.

Parlamentlararo aloqalarning orttirilishining muhimligiga e’tibor qaratgan Minnihanov, Tatariston Respublikasi Davlat kengashining yaqinda Turkiyaga tashrif uyushtirishini, TBMM hay’atini ham Tataristonda qabul qilishdan mamnun boʻlishlarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar