Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar “Terrorni butunlay yoʻq qilamiz”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, hamrohligidagi Turk Qurolli Kuchlari (TQK) hay’ati bilan terrorga qarshi kurash amaliyotida muhim vazifalarni oʻz zimmasiga olgan harbiy bazalarda tekshiruv ishlari yuritdi.

1664467
Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar “Terrorni butunlay yoʻq qilamiz”.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar terror uyalari va bojxonalariga kirib borilganini belgilab oʻtgan holda terrorni butunlay yoʻq qilishlarini qayd etdi.

Akar hamrohligidagi Turk Qurolli Kuchlari (TQK) hay’ati bilan terrorga qarshi kurash amaliyotida muhim vazifalarni oʻz zimmasiga olgan Diyarbakirdagi sakkizinchi asosiy reaktiv uchoq bazasi qoʻmondonligi bilan Malatiyadagi yettinchi asosiy rekativ uchoq bazasi qoʻmondonligida tekshiruv ishlari yuritdi.  

Akar oʻz nutqida, terrorizmga qarshi kurash amaliyoti doirasida TQK unsurlarining mamlakatda va chet elda katta yutuqlarga erishganini ta’kidladi va personallarni shu munosabat bilan tabrikladi.

Akar,

“Iroq shimolida terrorni yoʻq qilamiz. Terror uyalari va bojxonalariga kirib borildi. U yerlar yer bilan yakson qilindi, huddi shunday davom etmoqda. Ular qayerda boʻlsa Sinat - Xaftanindan, Metinadan boshlab Zab, Avashin-Basyan, Hakurk, ortidan Gara, Qandil, Asos doxil qayerlarda boʻlsa ana shu yerdamiz. Qayerga qochsa qochsinlar, terrorni yoʻq qilamiz”. - dedi.  

 



Aloqador xabarlar