Erdo'g'an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Kecha, 23-iyun kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1663647
Erdo'g'an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

Kecha, 23-iyun kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ruanda Respublikasi elchisi Fidelis Ntampaka Mironko, Gambiya Respublikasi elchisi Sering Modou Njie va Nigeriya Respublikasi elchisi İsmail Yusuf Abbadan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqacha suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat ko’rsatish maqsadida yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar