Turkiyada 1-iyuldan boshlab cheklovlar to‘liq bekor qilinadi

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng telemurojaatida ma’lum qildi.

1662698
Turkiyada 1-iyuldan boshlab cheklovlar to‘liq bekor qilinadi

 

Turkiyada 1-iyuldan boshlab cheklovlar to‘liq bekor qilinadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng telemurojaatida ma’lum qildi.

“1-iyuldan boshlab komendantlik soatini butunlay bekor qilamiz”, -dedi Turkiya prezidenti.

Bundan tashqari, shaharlararo harakatlanish va shahar jamoat transportidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, vaksinatsiya mamlakat uchun asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada 43 milliondan ortiq dozada koronavirusga qarshi vaksinalar ishlatilgan. Davlat rahbari bir necha hafta ichida 18 yoshdan kattalarni emlashni yakunlash niyatida ekanini e’lon qildi.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida mamlakatda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 5 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi, 51 kishi kasallikdan vafot etdi.

Aprel oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati COVID-19’ga chalinish holatining ortishi munosabati bilan cheklov choralarini kuchaytirgandi.

Mamlakatda komendantlik soati davomiyligi soat 19:00 dan 05:00 gacha uzaytirilgandi. May oyida Turkiyada yangi chora-tadbirlar kuchga kirdi.  Unga ko‘ra, do‘konlarda faqat asosiy oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi.

17-maydan mamlakatdagi karantin rejimi bosqichma-bosqich yumshatila boshladi. Xususan, 1-iyundan komendantlik soati qisqartirilib, to‘y va bazmlarga ruxsat berildi.


Tanlangan kalimalar: #cheklov , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar