Erdo’g’an Shimoliy Makedoniya prezidenti Stevo Pendarovskiy bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti va Antaliya diplomatiya forumi doirasida mamlakatga tashrif buyurgan yetakchilar bilan uchrashuv amalga oshirmoqda.

1660361
Erdo’g’an Shimoliy Makedoniya prezidenti Stevo Pendarovskiy bilan uchrashdi
Bosna-Hersek Devlet Baskanligi Konseyi uyeleri-Erdogan2.jpg
Bosna-Hersek Devlet Baskanligi Konseyi uyeleri-Erdogan1.jpg
Bosna-Hersek Devlet Baskanligi Konseyi uyeleri-Erdogan.jpg
Stevo Pendarovski-Erdogan.jpg

 

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti va Antaliya diplomatiya forumi doirasida mamlakatga tashrif buyurgan yetakchilar bilan uchrashuv amalga oshirmoqda.

Erdo’g’an tadbir doirasida Shimoliy Makedoniya prezidenti Stevo Pendarovskiy bilan uchrashdi.

Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan uchrashuv taxminan 40 daqiqa davom etdi.

Mazkur uchrashuvdan so’ng,  Erdo’g’an Bosniya-Gersegovina prezidentlik kengashi vakillarini qabul qildi. Uchrashuv tafsilotlari haqida ma’lum qilinmadi.

Eslatish joizki, kecha 17 iyun kuni Prezident Erdo’g’an Serbiya bosh vaziri Ana Brnabich va Xorvatiya bosh vaziri Andrej Plenkovichni qabul qilgandi.

Ma’lumki, kecha 17 iyun kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti o’z ishini boshladi.

Mazkur sammitda Turkiya, Albaniya, Bosniya-Gersegovina, Bolgariya, Xormatiya, Chernogoriya, Kosova, Makedoniya, Moldova, Ruminiya, Serbiya, Sloveniya va Gretsiya ishtirok etmoqda.

Janubi-sharqiy Yevropa hamkorligi bo’yicha xalqaro tuzilmaning maqsadi mintaqa davlatlari o’rtasida siyosiy va xavfsizlik sohalari bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash, o’zaro iqtisodiy hamkorlikka tashviq etish va adolat o’rnatish,  noqonuniy faoliyatlarga qarshi kurash va uning ko’lamini kengaytirishdan iborat.

Janubi-sharqiy Yevropa hamkorligi bo’yicha xalqaro tuzilmaga asos solgan davlatlardan biri bo’lgan Turkiya 1998-1999 va 2009-2010 yillarda tuzilmaga raislik qilgan.



Aloqador xabarlar