Turkiyaning F-35 va S-400 masalasida farqli qadam tashlash niyati yo‘q

Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida jurnalistlar savoliga javob berdi.

1660036
Turkiyaning F-35 va S-400 masalasida farqli qadam tashlash niyati yo‘q

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Baydenga, Turkiyadan S-400 va F-35 masalasida farqli qadamlar tashlashni kutmasligi kerakligi haqida aytganini bildirdi.

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida jurnalistlar savoliga javob bergan Prezident Erdo‘g‘an, 14-iyun kuni Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSh Prezidenti Bayden bilan amalga oshirgan uchrashuviga to‘xtalib o‘tgan holda:

“(Baydenga) Turkiya sifatida F-35 (Turkiyaning Rossiyadan sotib olgan mudofaa tizimi) va S-400 masalasida farqli qadam tashlashimizni kutmang. Chunki biz F-35 bo‘yicha zimmamizga tushgan vazifamizni bajardik dedim”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Terrorizmni nishonga olgan ittifoqdoshining yonida bo‘lish o‘rniga, ittifoqdoshi kurashgan terror tashkilotlarini tanlashning tarixiy xato ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Terror tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlab, ularga jasorat berganlar qanchalik katta xatoga yo‘l qo‘yganini ertami - kech tushunib yetadi”. - dedi.

Erdo‘g‘an AQShning Afg‘onistonni tark etish haqidagi qarori ortidan Turkiyaning, bu yerda yana-da ko‘proq mas’uliyat olishi mumkinligini ifoda etdi.

Armanistonning ishonch orttiruvchi qadamlar tashlashni boshlashi kerakligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Joylashtirgan minalarning xaritalarini Ozarbayjon bilan bo‘lishishi, bu boradagi birinchi qadami jihatidan alohida o‘ringa ega bo‘ladi”. - dedi.

Erdo‘g‘an, Zangezur yo‘lagi haqida esa, “Rossiya tomonida kechiktirish niyati yo‘q degan fikrdaman. Aksincha, yordam berish payida. Yaqinda (Rossiya Davlat rahbari Vladimir) Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv amalga oshiramiz”. - degan bayonotlar berdi.

 



Aloqador xabarlar