Antaliyada xalqaro sammit o’z ishini boshladi

Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitining tushdan keyingi anjumanida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ishtirok etadi.

1659852
Antaliyada xalqaro sammit o’z ishini boshladi

 

Antaliyada Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti o’z ishini boshladi.

Sammit ishtirokchilari Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li tomonidan Antaliyada kutib olindi.

Bu yil Turkiya yetakchiligida bo'lib o'tadigan sammit Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li mezbonligida Belek turizm hududidagi NEST kongress markazida amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda, Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitining birinchi kuni Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li mezbonligida tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tmoqda. Yig’ilishni Mavlud Chavusho’g’li o’z nutqi bilan ochib berdi.

 

Fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarni Antaliyada kutib olganidan mamnunligini tilga olgan Mavlud Chavusho’g’li, bu yil Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoniga 25 yil to’lganligini eslatdi.

Vazir noyabr oyidagi norasmiy anjumandan so’ng, bugun takror Antaliyada uchrashib turganidan bahtiyorligini ifoda etar ekan, sammitning muvaffaqiyatli o’tishiga tilak bildirdi.

"Endilikda muammolarga diplomatik muloqot yo'li bilan maqbul yechim qidirayotgan Janubi-sharqiy Yevropa hamjamiyatiga egamiz. Mintaqaning eng keng qamrovli forumi bo'lmish Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni o'ta mashaqqatli davrlarda ham mintaqa davlatlarini birlashtira oladigan platforumaga aylandi",-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Turkiya shu bilan uchinchi marta Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoniga raislik qilayotganini eslatgan Chavusho’g’li, bu doirasida 40dan ortiq tadbir tashkil etilganligini ma'lum qildi. Bulardan Diaspora va Yoshlar forumi birinchi marotaba o'tkazildi.

U 2030 - Strategiya hujjatining tayyorlanishini muhim qadam deb baholadi.

"Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoniga a'zo davlatlarning Yevroittifoqqa a'zolik perspektivalarini kuchaytirish mushtarak maqsadimizdir. Yevroittifoq faqatgina janubi-sharqiy Yevropa davlatlarining barchasi ittifoqqa a'zo bo'lgandagina haqiqiy global aktyorga aylanishi mumkin",-dedi Turkiya TIV rahbari.

Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitining tushdan keyingi anjumanida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ishtirok etadi.

Eslatma: 2022-2023 yilgi Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitiga raislik vazifasi Chernogoriyaga o’tadi.



Aloqador xabarlar