Turkiya prezidenti Erdo’g’anning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi yakunlandi

Erdo’g’an bugun, 17 iyun kuni Antaliyada bo’lib o’tadigan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi. Prezident ertaga, 18 iyun kuni esa, Antaliya diplomatiya forumiga qatnashadi.

1659659
Turkiya prezidenti Erdo’g’anning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi yakunlandi

 

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi yakunlandi. 

Erdo’g’an bugun, 17 iyun kuni Antaliyada bo’lib o’tadigan Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etadi. Prezident ertaga, 18 iyun kuni esa, Antaliya diplomatiya forumiga qatnashadi.

Avval aytilganidek, Turkiyaning Antaliya shahri 17-20 iyun kunlari Janubi-sharqiy Yevropa hamkorlik jarayoni davlat va hukumat rahbarlari sammiti hamda Antaliya diplomatiya forumiga mezbonlik qiladi.

Prezident Erdo’g’an raisligida bo’lib o’tadigan anjumanlarga katta tayyorgarlik ko’rildi.

Sammitda olingan qarorlar asosida Janubi-sharqiy Yevropa – 2030 strategiya hujjati imzolanadi.

Mazkur oliy darajadagi tadbirlar nafaqat Turkiyani, balki turistik Antaliya shahrini dunyoga tanitishga hissa qo’shadi.



Aloqador xabarlar