Prezident Erdo‘g‘anning Bryusseldagi o‘zaro uchrashuvlari davom etmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Belgiya poytaxti Bryusseldagi o‘zaro uchrashuvlari davom etmoqda

1657840
Prezident Erdo‘g‘anning Bryusseldagi o‘zaro uchrashuvlari davom etmoqda

NATOdagi liderlar sammiti tufayli Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lgan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ikki tomonli uchrashuvlar yo‘lga qo‘ymoqda.

Erdo‘g‘an sammit doirasida NATO qarorgohida matbuotga yopiq ravishda olib borgan ushbu uchrashuvlarini eng avvalo Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan boshladi.

Erdo‘g‘an ortidan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan alohida - alohida uchrashdi.

Turkiya vaqti bilan soat 18:00 da Erdo‘g‘an AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuv o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv ortidan Erdo‘g‘an matbuot anjumani uyushtiradi.

Erdo‘g‘an kecha ham Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda va Latviya Prezidenti Egils Levits bilan ham alohida – alohida uchrashuv o‘tkazgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #Bryussel , #NATO

Aloqador xabarlar